2018/2019 o’quv yilida test jarayoni 15 kun davomida o’tkaziladi

2018/2019 o’quv yilida test jarayoni 15 kun davomida o’tkaziladi va uning javoblari imtihonning ertasiga chiqadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

«Test sinovlari shaffof va haqqoniy o’tishini ta’minlash maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish hamda abiturientlar, ota-onalarga engilliklar tug’dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. Bu bo’yicha hozirda katta ishlar olib borilyapti. Ya’ni yangi 2018/2019 o’quv yilidan boshlab, test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o’tkazish, test materiallarini abiturientlarning o’ziga berish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo’yilgan.  Shuningdek, test jarayonini katta pavilon, sport majmualarida o’tkazish, oshkoralikni ta’minlash uchun videokuzatuv hamda onlayn translyatsiyalarni tashkil qilish vazifalari ham qo’yilgan», — deydi DTM rahbari.

«Wi-Fi Bus»

«Toshshahartransxizmat» aktsiyadorlik jamiyati «Wi-Fi Bus» loyihasini ishga tushirdi. Loyiha Toshkent shahri avtobuslarini Wi-Fi orqali ma’lumot uzatuvchi internet aloqasi bilan ta’minlashni ko’zda tutadi.

Endi poytaxtimiz jamoat transporti yo’lovchilari eshigida «Wi-Fi Bus» yozuvi mavjud avtobuslarda Ziyonet.uz milliy ma’rifiy-ko’ngilochar portali xizmatidan foydalanishlari mumkin.

«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotlariga ko’ra, yil oxiriga qadar poytaxtimizdagi ellikta yo’nalishli avtobus Wi-Fi aloqasi bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda bazasida 4 ming 650 ga yaqin yangilik, ma’rifiy va ko’ngilochar veb-zaxiralar mavjud bo’lgan Ziyonet.uz portaliga ulanish imkoniyati o’quv yili davomida, ayniqsa, yo’lovchilar oqimining salmoqli qismini tashkil etuvchi talabalar, kollej va litseylar o’quvchilarini xushnud qiladi. Bundan tashqari, mazkur yangilik kelajakda shahar transporti faoliyatini takomillashtirish hamda poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish uchun zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etishda qo’l keladi. Ayni paytda Wi-Fi orqali simsiz ma’lumot uzatish xizmati 2-, 38- va 72-yo’nalishlardagi transport vositalarida ishga tushirilgan.

Bunday imkoniyat tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, chunki Toshkentda shahar jamoat transportidan har kuni 1,3 millionga yaqin yo’lovchi foydalanadi. Kuniga 3,5 ming kilometr masofadagi yo’nalishlarda deyarli 25 ming reys amalga oshiriladi. Kuzatishlarga qaraganda, shahar jamoat transportidan muntazam foydalanadigan yo’lovchi o’rtacha kuniga yarim soatdan 2 soatgacha vaqtini avtobusda o’tkazadi. Yangi uskuna tufayli yo’lovchilar bu vaqtni mazmunli o’tkazishi, ya’ni ta’lim va ma’rifiy veb-zaxiralardan bahra olishga sarflashi mumkin.

«IBM» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari hamda apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqish va etkazib berish bo’yicha dunyoning eng yirik kompaniyalaridan bo’lgan «IBM» kompaniyasi (AQSh) vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda AQShning «IBM» kompaniyasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Mazkur hujjat ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbir xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba va innovatsion g’oyalar almashishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda raqamli transformatsiya, moliya-iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, telekommunikatsiyalar sohasiga innovatsion echimlarni joriy qilish bo’yicha o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Amerikalik mutaxassislar kognitiv texnologiyalar va eng so’nggi ishlanmalardan biri bo’lgan «IBM Watson» tizimi vositalaridan foydalanishga doir yangi loyihalar taqdimotini o’tkazdi. Hozir mazkur innovatsion platforma negizida turizm, chakana savdo, axborot texnologiyalari xizmatlari, sog’liqni saqlash va notijorat soha uchun ilovalar yaratilgan.

Uchrashuvda o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va qator qo’shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Привет, мир!

Welcome to Сайты-сателлиты 2.0 . This is your first post. Edit or delete it, then start blogging!

WordPress Themes